O'zbekiston Kimyo Jurnali

НАШРНИНГ 2 СОНИ

Физик кимё

M. M. Muratov, R. J. Eshmetov, D. S. Salixanova, A. B. Abdikamalova, B. Z. Adizov

SINTEZ QILINGAN SIRT FAOL MODDALARNING XUSUSIYATLARINI O'RGANISH

Referat. Muammoning kelib chiqishi. Ma’lumki, butun dunyoda neft qazib chiqarish jarayonida yerosti suvlari u bilan aralashma sifatida olinadi. Ushbu suvni neftdan ajratishda demulgatorlar, ya’ni sirt faol moddalar qo‘llaniladi.

Ishning maqsadi. Olingan yangicha sirt faol moddaning kolloid kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish.

Metodologiya. Stalagmometrik usul (tomchilarni hisoblash usuli) asosida sirt tarangligi izotermasi olingan va solishtirma elektr o‘tkazuvchanligini o‘rganish orqali sirt faol moddaning adsorbsion xarakteristikasi aniqlangan.

Ilmiy yangilik. Olein kislota asosida sintez qilingan sirt faol moddaning adsorbsiya samaradorligi va adsorbsion energiyasi o‘rganildi.

Olingan natijalar. Sintezlan qilingan SFM konsentratsiyasidan sirt tarangligining o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib, uning havo/suv chegarasida adsorbsiyasi mitsella hosil bo‘lishiga qaraganda yuqori ekanligi aniqlandi.

Kalit so‘zlar: sirt taranglik, maksimal adsorbsiya, elektr o‘tkazuvchanlik, gidrofil-lipofil balans, mitsella hosil bo‘lishining kritik konsentratsiyasi.

Xususiyatlari:

- mahalliy hom ashyolar asosida sirt faol modda sintez qilish;

- sirt faol modda past konsentratsiyalarda mitsella hosil qilishi xususiyatiga ega;

- sirt faol modda havo/suv chegarasida yaxshi adsorbsiyalanishi aniqlandi.

Tsitata keltirish: M. M. Muratov, R. J. Eshmetov, D. S. Salixanova, A. B. Abdikamalova, B. Z. Adizov Sintez qilingan sirt faol moddalarning xususiyatlarini o'rganish // O’zbekiston kimyo jurnali. -2024. -№2. -B.3-8.

Qabul qilindi: 19.04.2024; Ruxsat etildu: 06.05.2024;  Nashr etildi: 24.05.2024

42 PDF